Chinese Visa Application Process


SR

Shokhrukh Ruziboev

July 4, 2024
post thumbnail

Xitoydagi Summer Schoolim uchun vizamni oldim) Xitoyda faqat 4 hafta bo'lishim tufayli X2 - short term study(less than 180 days) vizasiga topshirdim. Hujjat topshirish jarayoni unchalik qiyin emas, barcha tafsilotlari bilan o'rtoqlashishga harakat qilaman.

*Sizdan talab qilinadigan hujjatlar va, umuman, jarayon viza turi va topshirayotgan manzilingizga qarab farq qilishi mumkin!

Jarayonning birinchi bosqichi online. Mana shu website orqali, avvalambor, qayerdan topshirmoqchiligingizni belgilaysiz (misol uchun men Londonni tanladim). Keyin akkauntingizni yaratganingizdan so'ng application form ni to'ldirishni boshlaysiz. U yerda qaysi viza turiga topshirayotganingiz, 3.3x4.8 formatidagi rasm, shaxsiy ma'lumotlar, qaysi shaharlarda bo'lmoqchiligingiz, borish-qaytish sanalari kabi ko'plab ma'lumotlarni kiritasiz va topshirasiz (elektron versiyasini yuklab oling). Shu bilan birinchi bosqich tugadi.

Endi barmoq izlaringiz va kerakli hujjatlarni hard copysini topshirish uchun tanlagan application centreingizga borasiz. Londonda oldindan appointment belgilash shart emas ekan, lekin boshqa joylarda bu shart bo'lishi mumkin (Toshkentda oldindan belgilash kerak). Men olib borgan hujjatlar ro'yxati: application form, summer schooldan qabul xati, Xitoy ta'lim vazirligidan olgan xatim, 3.3x4.8 formatidagi bitta rasm, passport va boshqa vizalarim nusxalari, moliyaviy ta'minlanganlik to'g'risidagi xat.

Endi viza to'lovini naqd yoki kartada to'lashingiz mumkin. To'lov miqdori tabaqalashtirilgan ekan, ya'ni millatingizga qarab turlicha. Misol uchun 9-10ta rivojlangan davlatlardan tashqari boshqa davlatlarda 87 funt-sterling ($110), Isroil va yana bir Afrika davlatida bundanam arzon edi. O'sha 9-10ta davlatda esa 2-3 barobar qimmatroq ekan. Agar siz passportingizni pochta orqali yetkazib berishlarini xohlasangiz, qo'shimcha belgilangan miqdorda to'lovni amalga oshirishingiz kerak bo'ladi. 

3-4 ish kunida applicationingiz ko'rib chiqiladi va passportingizni olib ketishingiz mumkinligi haqida e-mail orqali xabar qilinadi. Intervyu bo'lish ehtimoli kam bo'lsa ham yo'q emas. Meni hujjatlarni topshirganimdan 3 kun o'tib intervyuga chaqirishgan. Interyuda qayerda o'qishim, Xitoyga tashrifim sababi, harajatlarni kim qoplayotgani, borish-qaytish biletini olganmanmi va qachongaligi kabi savollarni berishdi va umumiy 3 daqiqa davom etdi. U yerdan chiqib 2 soatdan keyin vizamni olib ketdim.

Comments