EYUF orqali o'qishga ketayotganlar tanbalmi?

ES

Elzodxon Sharofaddinov

4/16/2024 8:00:38 PM
15
0
post thumbnail

Maqola sarlavhasi clickbait'day tuyulishi mumkin, lekin ko'pchilikda bunday fikrlar bor ekanligi odamni xafa qiladi. Kecha X(Twitter)'da ovozli chatga kirib qolgandim va u yerda yuqoridagi masala ko'tarildi. Va bu haqida ovozli chatda fikrlarimni ayta olmadim, lekin hozir ko'rgan va bilgan tanishlarim o'qish jarayonlari va bilganlarim haqida yozmoqchiman.

- Ular berilgan imkoniyatdan to'g'ri foydalanishyabdi; Ya'ni o'qishga kirishdi, homiy topildi va undan foydalanib, bilim olishyabdi va kelajakda shu o'rgangan bilimlarini davlat rivojiga hissa qo'shish uchun sarflashga tayyor bo'lgan yoshlar. Gaplarim baland parvozday tuyulishi mumkin, lekin bu haqiqat.

-  EYUF orqali ketgan 3-4 ta tanishlarim bor, ular tanbal emas, ko'proq harakat qiladigan o'z ustida ishlayotgan va research qilib, bu ishonchni oqlashga harakat qilyabgan tirishqoq talabalardir. Ular vaqtlarini ko'proq kitob o'qishga va o'rganayotgan bilimlarini ijtimoiy tarmoqda ulashishga harakat qilishyabdi, hamda qolgan tengdoshlariga chet elda o'qish haqida tajribalarini ulashib borishyabdi.

- Ular orasida taniqli farmatsevtika kompaniyasiga amaliyotga o'qishga kirganlar bor va bu odamni juda ham xursand qiladi.(Charosxon O'ktamboyeva)

- Ular orasida shu loyihaga(unicraft) o'z hissasini qo'shayotgan va o'qishidan tashqari vaqtda muammolarga yechim topayotganlar bor.(Akbar Kamoldinov)

- Ular orasida olimlar bor va ular o'qishni yakunlab qaytsa, O'zbekistondagi ta'lim tizimi va boshqa sohalar albatta rivojlanadi, bu uzoq jarayon, lekin bu albatta o'z mevasini beradi.

Bu kabi fikrlarni uzoq davom ettirishim mumkin, xulosa qilib aytsam, bobom aytganlariday eplasa qandini ursin va gazini bossin der edilar. Va, davlat bunday imkoniyatlar yaratib kelajak uchun investitsiya qilyabdi, davlatni qo'llab-quvvatlashi albatta odamni xursand qiladi. Subyektiv fikrimni bildirdim va qo'shimcha fikrlaringiz yoki heytlaringiz bo'lsa izohlarda yozib qoldiring.

Comments