Princeton graded paper.


FM

Feruza Mukhammadieva

university logoPrinceton University -
March 14, 2024
post thumbnail

Oxirgi paytda ko’pchilik, Princeton admissionsda talab qiladigan graded paper haqida so’rayapti.

Princeton juda ko’p mustaqil ish talab qiladigan va tadqiqotga qaratilgan muassasaligi bilan mashhur. Misol uchun, 1- kursligingizda, qiyinligi bilan tanilgan, Writing Seminar olishingiz kerak, va semester davomida 3 ta ilmiy tadqiqot ishlari yozishingiz kerak. Bundan tashqari, 3 - kursda erkin ish (Junior Paper) va 4 - kursda “Thesis” 100 betlik ilmiy ish yozishingiz lozim. Shularni hissobga olgan holda, graded paperning maqsadi, sizning yozish qobiliyatingizni ko’rish. Albatta sizdan zo’r yozuvchi bo’lishingiz kutilmaydi, shunchaki Princeton barcha qabul qiladigan talabalar asosiy(basic) tahliliy yozish ko'nikmalariga ega ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak.

To’g’ri bizning maktablarda bunday ingliz tilida odatda insholar yozilmaydi, shu tomondan chet ellik o’quvchilarga qiyinchiliklar tug’iladi. Maslahatim, ingliz tili darsida yozgan insholaringizni topishga harakat qiling, yoki yangi yozing va o’qtuvchingizdan tekshirib berishlarini so’rang. 

Umuman olib aytganda, graded paper qabul jarayonida u darajada katta ro’l o’ynamaydi, va admissions officerlar qanday mamlakatdan topshirayotganingizni biladi. Shuni yodda tutgan holda, e’tiboringizni applicationning boshqa muhim jihatlariga qarating. 

81

Comments