Istanbul judayam ajoyib shahar. 1000 xil harakterli insonlarni uchratishingiz mumkin bu yerda.
Ilk kelgan vaqtimda akbil (avtobus va metro uchun foydalaniladigan plastik karta) dan yöl haqqi tölash uchun foydalanishlari menga qiziq tuyilgan edi. Avtobusga yoki metroga chiqishda uzun navbatlar bölardi. Hechkim boshqasini joyiga ötishga, avtobusga ertaroq chiqib ötirib olishga shoshilmasdi. Kattalar ham yoshlar ham ayni navbatda. Avtobusga chiqishdan avval akbil karta bosilib chiqiladi. Uyi bekatdan uzoqdami yoki yaqinda bekatda töxtaydi avtobus. Avtobusning hamma eshiklari ayni vaqtta ochiladi va chiqmoqchi bölganlar chiqadi, tushishi kerak bölganlar manzilidagi bekatda töxtaydi. Orqa yoki örta eshikdan chiqqanlar akbil kartalarini boshqa odamlarga berib bosib berishini turniketga istashadi. Meni qölimga 10ga yaqin akbil karta berib noziklik bilan muomala qilgan ayol hali ham aqlimda. Mendan 15-20yosh katta ayol "Honim iltimos qilsam shu kartani sizdan avvalgilarga uzata olasizmi? " degan gaplari meni boshqacha his qildirgan edi. Turkcha bilmas edim. Gaplarini oz-köp tushundim va kulib qöydim. Ayol ishorat bilan tushuntirdi va jilmaydi. Avtobusdan tushish vaqtim keldi va qizil tugmani (avtobusdan tushish uchun haydovchini ogohlqntiradigan stop tugmasi) bosish uchun qidirdim va yonimda turgan boshqa bir odam turkchalab " tushasizmi honim?) deb söradi va yöl böshatti. Men uchun qizil tugmani ham bosib berdi. Tugma borligiga befarqlik qilib qölini qöyib olgan talaba qiz mendan uzr söradi va turgan joyini özgartirdi.
Ancha vaqtgacha öylab yurdim bu voqeani. Orqadan chiqishdi va kartalarini ishonib boshqalariga yöl haqqi tölash uchun berishdi. Orqadan chiqishdi indamay tushib ketsa ham hechkim bilmaydiku pul tölagan tölamaganini. Nega buncha muloyimlik va nazokat bilan muomala qilishadi bular. Xullas ancha vaqt bu voqeani ta'sirida yurdim. Hali bu voqeani özimga singdirib bölmasimdan yana yangi va qiziq hodisalarga guvoh bölayverar edim.
P/s. Akbil kartaning bir necha turi bor.
Normal karta - qizil rangd böladi va töliq yöl haqi oladi.
Talabalik kartasi- moviy rangd böladi va yöl haqini yarmini oladi. Talabalar uchun maxsus karta bölib chegirmali narxda qöllanishi mumkin jamoaviy transpottan.
Onalar kartasi - sariq rangli karta. Farzandi 3yoshgacha bölgan onalar foydalana oladi va deyarli tekin böladi.
Moviy karta - mutlaqo tekin yurish imkonini beradi va davlat ishida ishlaydiganlar uchun beriladi.
Hozir bu kartadan dökonlarda savdo qilish uchun ham foydalansa böladi.
Comments