(ingliz tilini o'rganyapman, lekin esimdan chiqib ketyapti)
Har kuni ingliz tilida gapiring🗣️
Gapirish ko'nikmasi boshqa ko'nikmalarga qaraganda tezroq yo'qoladi, shuning uchun kuniga kamida 10-15 daqiqa vaqt ajrating. Har kuni gapirishning bir necha usullari bor: kunning yoki o'zingizni nima tashvishga solayotganini ingliz tilida xulosa qiling, o'z nutqingizga ingliz so'zlarini qo'shishga harakat qiling, masalan biz qanday qilib rus tilini o'zbek tilimizga qo'shamiz.
Albatta o'qing📚
O'qish - til darajasini saqlab qolishning eng yaxshi usullaridan biridir. Siz tanish so'zlarni ko'rasiz, ularni takrorlaysiz, yangi leksikani o'rganasiz. O'qishni zerikarli majburiyatga aylantirmaslik uchun, siz “ingliz tilida ham o'qigan bo'lar edim” degan adabiyotni qayta o'qing. Agar vaqtingiz bo'lmasa, audiokitoblarni tinglashingiz mumkin📔.
Vlog va seriallar tomosha qiling🍿
Men har kuni ingliz tilidagi blogerlarni tomosha qilaman yoki ishlar bilan band bo'lganimda ularni orqa fon qilib yoqaman. Shuningdek, men ushbu blogerlarga ijtimoiy tarmoqlarda obuna bo'lganman va ularning kontentini har kuni ingliz tilida kontent iste'mol qilaman, hatto mening instamdagi postlarim ham inglizcha slenglar va memlar bilan, bu esa menga Amerika trendlaridan orqada qolmaslikka yordam beradi.
Comments