"El-yurt umidi" jamg'armasi (EYUF) suhbat bosqichini topshirdim. Yo'nalishim ta'lim, soham muhandislik ishi. Menga tushgan savollar:
— O'zingizni tanishtiring (gapimni bo'lishmadi, oxirigacha eshitib o'tirishdi, so'ng savollar berishni boshlashdi. Bu yerda universitetim, core modullari, qaytib kelganimdan so'ng qilmoqchi bo'lgan rejalarim, taraqqiyot strategiyasidagi ta'limga aloqador bandlari, ta'lim strategiyasini va sohamdagi O'zbekistondagi yangiliklarni aytib o'tib ketdim.)
— Qaytib kelgandan so'ng qayerda ishlamoqchisiz?
— Maktab prezident ekansiz, sizning maktabda student government qanday yo'lga qo'yilgan va qanday vazirliklar bor?
— STEM haqida ta'kidlab o'tdingiz, bu kabi o'qishning oddiy ta'limdan farqi nimada?
— Hozirgi kunda STEM'ga yangi art yo'nalishi ham qo'shilgan, buning ahamiyati nimada?
— Badiiy adabiyot o'qiysizmi? (shu yerda Kaykovusning "Qobusnoma" asarini aytib berdim. Javobim menimcha, har doimgi javoblarga o'xshash bo'lmaganligi uchun qiziqib tinglashdi. Hattoki hayat a'zosi o'zi ham qiziqib o'qiganligini ta'kidlab o'tdilar)
— Aytgan kitobingizning yozuvchisi bo'lmish Kaykovus o'zi kim bo'lgan?
— Agar maktabgacha va maktab ta'lim vaziri bo'lganingizda nima qilgan bo'lar edingiz?
— Fizikaga qiziqar ekansiz. Shu ... fizik nima ish qilgan? (shu yerda qaysidir fizikni so'rashdi. To'grisi ma'lumotga ega emas ekanman, albatta ko'rib chiqaman deb javob berdim. Suhbat oxirida shu insonni o'rganib chiqishimni aytishdi)
— Optika, atom mavzularidan fundamental savollar berishi. (misol uchun, atomning markazida nima bor? javobda kalla qo'ydim, elektron deb aytdim)
— Atomning markazi yadroni olib qo'ysa, qanday hodisa yuz beradi?
— Davlat madhiyasini she'r ko'rinishida aytib bering. (shunday savol tushsa, madhiyani turib aytishga ruxsat so'rang. Ijozatni olganingizdan so'ng, to'g'ringizga qarab aytishni boshlang)
Boshidagi nutqimda, menga hech kim e'tibor bermadi, o'z ishlarini qilib o'tirishdi. Keyin sekin-sekin qiziqib, qaray boshlashdi. Gapirayotganingizda iloji boricha ishonch va dadillik bilan so'zlang va imkonini qilsangiz hayat a'zolarining ko'zlariga qarab-qarab gapiring. Suhbatda bosim sezmadim. Yaxshi ruxda o'tdi. Sertifikat, test natijalarimni suhbatni boshida emas, o'rtasida olishdi. Ammo, suhbat boshida ko'rsatmoqchi bo'lgan yutuqlaringiz borligini ta'kidlash esdan chiqmasin. Suhbat tahminan 30 daqiqa davom etdi.
Comments