Education at UK 🇬🇧 vs Education at the US 🇺🇸


SR

Shokhrukh Ruziboev

July 14, 2024
post thumbnail

1. Universities 🏛

- UKdagi eng taniqli va obro’li TOP universitetlar bu Oxford va Cambridge. Ulardan tashqari 24ta Russell Group universitetlari ham ta’lim sifati, sanoatdagi oldi tadqiqotlari bilan ajralib turadi. Russell Group universitetlari Buyuk Britaniya va butun dunyo bo'ylab katta ijtimoiy va iqtisodiy ta'sirga ega.

- US nufuzli universitetlar makoni. Bular ichida esa Ivy League – ta’lim tizimi, ijtimoiy elitasi, kirish qiyin bo’lganligi bilan mashxur universitetlar 8taligi bo'lib ajralib turadi. 

2. Admission requirements 🔖

- UKda UCAS portali orqali 5tagacha universitetga topshirishingiz mumkin. O’zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni to’ldirasiz, baholaringizni kiritasiz va bitta personal statement yozasiz(nega aynan tanlagan yo'nalishingiz bo'yicha o’qimoqchiligingiz haqidagi essay).

- USda bo’lsa xohlaganingizcha universitetlarga topshiraverasiz: yo universitetni o’zini saytidan yoki CommonApp portalidan. US universitetlarini har biriga alohida essay yozishingizga to’g’ri keladi. Undan tashqari transcriptingizni ham kerak bo'ladi(baholaringiz va GPA).

3. Curriculum 📚

- UK universitetlarining o’qitish uslubi, baholash tizimi va assessment USnikidan tubdan farq qiladi. Birinchidan, siz universitetga topshirishingizdan oldin aniq yo’nalishingizni tanlagan bo’lishingiz kerak. Barcha o’qiydigan fanlaringiz tanlagan yo’nalishingiz doirasida bo’ladi! Darslaringizning asosiy qismi lecture-based bo’lsa ham self-directed studyga urg’u juda kuchli, ya’ni universitetda o’tilgan darslarga ketgan vaqtdan 2-3 barobar ko’proq o’zingiz mustaqil o’qishingiz kerak bo’ladi. Testlarga keladigan bo’lsak, formal assessment kamdan-kam bo’ladi, misol uchun midterm exam umuman bo’lmaydi. Baholash foizda bo’ladi. 

- USda ikkinchi kursni tugatguningizgacha aniq bir yo’nalishni tanlashingizga vaqt bo’ladi. Bu sizga har xil darslarni o’qib ko’rib o’zingizga mos yo’nalishni aniqlashingizga imkon beradi. US universitetlarida assignmentlar ko’proq beriladi, darslar ko’proq o’tiladi. Baholash tizimi A-F.

4. Career opportunities 💼

- UKda xalqaro talabalar o’qishni bitirgach UKda qolib 2 yilgacha ishlash huquqiga ega.

- USda bitirganingizdan keyin 60 kun ichida davlatni tark etishingiz kerak.

5. Length ⏳

- UKda bakalavr dasturida o’qish muddati 3 yil, sababi o’qitish tizimida – o’qishingizning birinchi kunidanoq mutaxassisligingiz bo’yicha o'qishga sho'ng'ib ketasiz. Magistratura ta’lim bosqichi o’qish muddati esa 1 yil.

- USda bu muddat bakalavrlar uchun 4 yil, magistratura uchun 2 yil. Sababi aniq)
Yana bir qiziq ma’lumot: USda 1-kurs – Freshman year, 2-kurs – Sophomore year, 3-kurs – Junior year, 4-kurs – Senior year deb ataladi. UKda bo’lsa shunchaki Year 1, Year 2, Year 3.

6. Accommodation 🏠

- UKda on-campus accommodation asosan bir studentga mo’ljallangan xona va shared kitchen va bathroomdan iborat bo’ladi. Shared bo’lsa ham maksimum 6 kishi bilan. Batafsil alohida postda yozaman.

- USda ko’pincha bir xonada ikki kishi turishadi. 2, 3-kursgacha off-campus turish taqiqlanishi ham mumkin. Bathroom va kitchen xonangiz ichida yoki shared bo’lishini ikkala davlatda ham tanlasangiz bo’ladi, narxlarida farq bo’ladi. US dormitorylarida bathroom va kitchenni butun etaj yoki hatto bino bilan share qilinadi(15-20 kishi)

7. Cost 💰

- UKda tuition fee home-studentlarga va international studentlarga ikki xil. Home studentlarga ~9.5 ming funt bo’lsa, internationallarga o’rtacha 20-30 ming funt oralig’ida bo’ladi. British studentlarni deyarli hammasi davlat tomonidan beriladigan student loan olishadi. Bu ularning tuition fee, yashash harajatlari, accommodation feelarni barchasini qoplaydi. Bitta sharti – bu pullar davlatga qaytarilishi kerak. Universitetni bitirib ishga joylashganidan keyin, oyligi belgilangan miqdordan ko’proq bo’lsa, 25 yil davomida bo’lib-bo’lib qarzini uzadi)))

- USda tuition fee o’rtacha 30-40 ming dollarni tashkil etadi. Bu miqdorni qisqartirish uchun har xil scholarship va financial aidga topshirsa bo’ladi.

79

Comments