Dasturchilar uchun Amerikada o'qish va ishlash imkoni beruvchi dastur


NE

Nodirbek Ergashev

April 10, 2024
post thumbnail

Yaqinda o'zim ta'lim olishni boshlagan universitet haqida yozmoqchiman. Bu dastur bakalavr diplomi bor va dasturlashda ozroq "experience" borlar uchun.

Universitet nomi "Maharishi International University". Universitet Amerikaning "Iowa" shtatida joylashgan.

Universitetning plus tomonlari:

+ IELTS yoki boshqa ingliz tilini biluvchi sertifikat so'ramaydi. Talaba ingliz tilida gaplasha olsa yetarli

+ Boshlang'ich to'lov kam: 3000-4000$, to'lovni universitetga kelib to'lasangiz ham bo'ladi

+ 8 oy kampusda "offline" ta'lim. O'qish davomida sizni Amerikada dasturchi bo'lib ishlash uchun tayyorlaydi, Computer Science fanlarini o'qiysiz

+ 8 oy davomida universitet turar joy va 3 mahal ovqat bilan taminlaydi

+ 8 oy dan so'ng, 2 yil davomida dasturchi bo'lib ishlaysiz (yillik o'rtacha oylik ~110 000$, bu qiymat sizning malakangizga bog'liq, kam yoki ko'p ham bo'lish mumkin)

+ Ishlash davomida ishchi viza (H1B) yoki Green kard qilish imkoni

+ Ishlash davomida asosiy kontrak summani to'lash imkoni(~55 000$)

+ O'qishni tugatgach Magistrlik diplomi

+ O'qishni bitirgan o'zbeklar hozirda Google, Amazon kabi kompaniyalar ishlamoqda

+ Universitetga yiliga 4 marta qabul (Yanvar, Aprel, Avgust, Oktabr)

  Minus taraflari

- Universitet Vegetarian ovqat bilan taminlaydi.

Dasturning web sahifasi:

compro.miu.edu

compro.miu.edu/apply

Qo'shimcha manbalar:

  Amerika vizalari haqida yaxshi kanal: @mrAmericano

  Visa suhbatlar namunalar: @f1expuz

  Universitetga topshirish bo'yicha guruh: https://t.me/+dsj88o61YqwxYzEy

229

Comments