Bu postni o'zbek tilida yozyapman, ko'proq auditoriyaga yetib borishi uchun. O'ylaymanki sizga foydali bo'ladi.
Hayolparast bo'lmang.
Kimdur Buyuk Britaniyada o'qishni xohlaydi, kimdur esa AQSHda va yana kimdur Yevropada o'qishni xohlaydi, lekin ular qiladigan orzu o'zlariniki emas. Kimdurni instagramda blogini kuzatib ular ko'rsatgan ajoyibotlarga havas qilib, yoki New Yorkdagi osmono'par binolarni go'zalligiga shaydo bo'lib, Londonni Big Benini hayotda ko'rish uchun "man ham shu yerga o'qishga boraman" deb orzu qiladi. Mana FLEXga ham qabul ochildi... Nega FLEXga topshirmoqchisiz deb so'rashsa, "Amerikaga bormoqchiman" deb javob beradi, aslida esa, qaysidur davlatga borishdan maqsad aniqroq bo'lishi kerak. Bir paytda, qaysidur boladan, nega bu universitetda o’qimoqchisan deb so’rasam, “haaa Angliyaga borvolish uchun” deb javob beradi. Bu orzularni aybi yo’q lekin, shunchaki to’gri va aniq maqsad qo’ying.
Amerikaga borishga keladigan bo’lsak, New Yorkka yoki Los Angelesga bordingiz ham deylik, 1 oydan keyin siz orzu qiladigan okean-u osmon o’par binolardan zerikasiz, oddiy hayotingiz tarziga aylanadi, nima qilasiz?
Grantni shunchaki “motivational letter” bilan yutolmaysiz.
Shu universitetdan grant yutishim uchun qanday motivational letter yozsam bo’ladi deb savol berishganda o’zimni tomdan tashlagim keladi. Qanchalar motivatsiyaga boy insho yozmangki, ichida sizning orzularingizdan boshqa tayinli turtgi, shu turgiga asoslangan qandaydur tajriba yoki shaxsiy o’sish bo’lmasa foydasi yo’q. Tassavur qiling, siz Gates Scholarship topshiryapsiz, siz qanchalar University of Cambridge’da Political Science sohasida o’qimoqchiligingiz va kelajakdagi planlarningizni yoritib berdingiz, agar sizda essayingiz orqali shaxsiy rivojlanish, maturity va integrity’ni ko’ra olmasa, sizni qabul qilmasligini aniq. Eng qizig’i shu hamma narsani support qiluvchi extracurriculars, recommendations va shunga o’xshash raqamlardan(IELTS/SAT) muhimroq turadigan tajirbalaringiz bolishi zarur
IELTS/SAT ni o’zi yetarli emas.
“IELTS 7 bor, Stanforddan to’lliq grant yutsam bo’ladimi?” deb savol berishadi va shu yerning o’zida mantiq suhbatni tark etadi. Nega? - Siz Amerikadagi Ingliz tili atmosferasida maktabda ta’lim olgan o’quvchilar bilan teng ravishda bo’lishingizni va universitetdagi darslarni tushuna olishingizni tasdiqlaydigan hujjat bu. SATchi? – SAT muhim, lekin IELTS 8, SAT 1440 bor degani Stanfordga kirasiz degani emas, chunki shu kabi universitetlarda “holistic application review” mavjud, y’ani, bu maktabi baholari yoki test natijalariga qaratilgan e’tibordan ko‘ra, o’quvchining umumiy profilini, ya’ni akademik ko‘rsatkichlar, essaylari, extracurriculars, recommendations va hayotiy tajribalarni hisobga olishadi. Tasavvur qiling, IELTS, SAT yoki maktab baholari degan sistema yo’q, siz kimsiz?
Qilayotgan proektlaringiz yoki volontyorligizni top universitetga kirvolish uchungina qilmang.
Tepada aytib o’tdim, universitetga kirish uchun test scorelar va essaylardan tashqari extracurriculars ham muhim deb. Aytaylik, siz “CleanUp” nomli loyiha boshladingiz, buni boshlashdan asosiy ko’zlagan maqsadingiz “Resume’imni boyitadi, universitetga kirishimga yordam beradi” demang. Ba’zida bunaqalar ham uchrab turadi: “shu universitetga kirishim uchun volunteering qilishim shartmi” deydiganlar. Albatta bilmaslik ayb emas, lekin o’rganmaslik yoki o’rgatilganda tushunishni rad qilish haqiqiy kibrdir. Volunteering, proektlar, musobaqalarda qatnashish, sportlarda yuqori natijalarga erishish, musical contestlarda g’alaba qozonish va shu kabilar sizning leaderligingizdan dalolat beradi va aynan shundan yoshlarni qabul qilishadi. Ba’zilar universitetga kirvosa bo’ldiku deb ham aytishi mumkin, lekin men moral’imni ustun qo’yaman har doim
Comments