Britaniya vizasi


SR

Shokhrukh Ruziboev

March 26, 2024
post thumbnail

UKga viza topshirish jarayoni USnikidan butunlay farq qiladi. Asosiy farqlaridan biri bu hujjatlarni onlayn topshirishingizda va javob chiqish muddati uzoqroqligida. Aytgancha, intervyu bo’lmaydi)

Demak, UK student vizasi “Tier 4” deb ataladi va 16 yoshdan oshgan o’qish maqsadida kelayotganlarga beriladi. Visa application quyidagi sayt orqali topshiriladi. Topshirishdan oldin sizda albatta o’qishga kirganingiz haqidagi qabul xati va universitetingiz tomonidan sizga yuborilgan CAS(Confirmation of acceptance of studies) hujjati bo’lishi zarur. Bu hujjat sizga unconditional offer olganingizdan so’ng beriladi.

Visa applicationni to’ldirish uchun 20-25 daqiqa ketadi. U yerda siz o’zingiz haqingizdagi, universitetingiz, o’qish davomiyligi(shunga qarab vizangizning yaroqlik muddati belgilanadi) va CASda ko'rsatilgan ma’lumotlarni to’ldirib chiqasiz. Hamma ma’lumotlarni to’g’ri to’ldirganingizga amin bo’lganingizdan keyin sizdan IHS(Immigration Health Surcharge) reference number so’raydi. Buni tibbiy sug’urta deb tushunsangiz bo’ladi. Usiz visa applicationni yakunlolmaysiz, shu sababli sug’urta uchun shu yerni o’zida onlayn to’lov qilasiz. Qancha to’lov qilishingiz o’qishingiz davomiyligiga bog’liq. Misol uchun mening o’qishim 3 yil va men $2238 to’ladim. Agar o’qishingiz 4 yil bo’lsa $2800+ bo’ladi. To’lov miqdorini shu havola orqali hisoblashingiz mumkin.

To’lov qilganingizdan so’ng sizga beriladigan IHS reference number avtomatik ravishda visa applicationingizga qo’shiladi. Shundan so’ng yana $482(visa application fee) to’lab applicationingizni topshirsangiz bo’ladi. Va hali bu yakuni emas…

Endi biometrik ma’lumotlaringiz(barmoq izlari va viza uchun rasmga tushish) va passportingizni topshirish uchun Toshkentdagi Visa Application Centrega borishingiz kerak. Buning uchun £55(~$70) to’lab, bo’sh kunga appointment belgilaysiz. Borishdan oldin emailingizga kelgan link orqali Visa Centreni saytida quyidagi supporting documentlarni yuklashingiz zarur: CAS, visa applicationni birinchi beti, passport nusxasi, financial evidence, tuberkulyoz test natijasi hamda universitetingiz unconditional offer berishi uchun sizdan talab etgan hujjatlar(meni misolimda bu IELTS va A-Level certificate).

Tuberkulyoz test qayerdan chiqdi deysizmi? Afsuski, O’zbekiston tuberkulyoz testi natijasi talab qilinadigan davlatlar ro’yxatidan o’rin olgan. UK tomonidan tasdiqlangan klinikada tekshirilib, 1 soat ichida natijangizni olib ketsangiz bo’ladi. Buning uchun ham oldindan $95 to’lab appointment belgilaysiz.

Xullas, barcha hujjatlarni to’plab Visa Application Centre saytiga joylaganingizdan so’nggina biometrik ma’lumotlaringizni topshirishga borishingiz mumkin. U yerda sizga UKda ishlatishingiz uchun bepul sim-karta ham berishadi. Hech qanday elchixona-yu intervyular yo’q. Barcha hujjatlaringiz Turkiyaga yuboriladi. O’sha tomonlardan 15 ish kuni, ya’ni 3 hafta ichida vizangizning javobi chiqadi. Vizani olgan kuningizdan boshlab 3 oy ichida UKga kirishingizga ruxsat beriladi, aks holda vizangiz kuyib ketadi (shu period vizangizda ko’rsatilgan bo’ladi).

UK student vizasini olish qiyin emas. Birgina talab qilinadigan narsa – kerakli hujjatlarni e’tibor bilan jo’natish, qolgani shunchaki rasmiyatchilik). Savollar bo'lsa izohlarda yozib qoldiring.

Hujjatlar ro’yxati:

📄 Unconditional offer letter

📄 CAS

📄 Travel passport

📄 IELTS(or equivalent used in university application)

📄 Tuberculosis test results 

📄 A-Level(or school attestation)

To’lovlar qiymati:

💸 Immigration Health Surcharge($2200-$2800)

💸 Visa application fee($482)

💸 Appointment for biometrics(£55)

💸 Appointment for tuberculosis test($95)

530

Comments