"Atom odatlar" kitobidan olgan xulosalarim


MF

Maqsadbek Fayzullayev

September 5, 2024
post thumbnail

Inson hayotini o'zgartirishni istasa, buni avvalo o'zini o'zgartirishdan boshlash kerak. Masalan millioner bo'lmoqchi bo'lsangiz, million dollar haqida emas, millioner qanday qarorlar qabul qilishini tahlil va tadbiq qilish haqida o'ylashingiz kerak;

Ko'pincha kichik odatlarni e'tiborsiz qoldiramiz, aslida hayotimiz mana shunday kichik odatlar natijasining yig'indisi ekani haqida ko'p ham o'ylamaymiz. Shuning uchun aynan har bir narsani ildizi bo'lgan odatlarni to'g'rilash ustida ishlash kerak;

Eng avvalo odatlar listini tuzish kerak va qaysi biri sizga foydali, qay biri zarar ekanini anglab olish kerak. Keyin esa zararli odatlarni tark qilish lozim. 

Qanday qilib zararli odatni tark qilsa bo'ladi?

- Odatni bajarishni qiyinlashtirish orqali.

- Odatni iloji boricha jozibasiz qilish orqali.

- Odat qoniqarsiz qilish orqali.

Masalan ko'p telefon o'ynash odatingiz bo'lsa, har safar o'yinni o'ynagach uni telefondan o'chirib tashlang, kodlar qo'ying o'yinning o'zi uchun. Avtomatik ravishda bunda o'yin o'ynashgacha yetib borish qiyinlashadi va ko'p hollarda hamma ishni qilishga erinasiz;

Foydali vazifalarni ketma-ketlikda qo'yishga va qaysi vaqtda, qaysi joyda bajarishga aniqlik kiritish kerak. Masalan kitob o'qib bo'lishim bilan kutubxonada note yozaman deb qo'ysangiz bo'ladi;

Iloji boricha kunlik vazifalar listi (to-do list) ni tuzish kerak va har bir vazifa bajarilgandan keyin uni belgilab (tick qilib) borish sizni biror ishni qilishga odatlanishingizni osonlashtiradi. Chunki biz ko'p hollarda har bir qilgan ishimizga qisqa muddatda rag'bat olishni xohlaymiz va har bir ish bajarilganini belgilashning o'zi ham rag'batdek tuyuladi;

Eng muhimi foydali odatlarni ko'rinarli qilish kerak. Masalan kitob o'qimoqchi bo'lsangiz har doim kitob sizga ko'rinib turishi kerak, chunki bu holatda aynan ko'rish orqali qaror chiqarish (Visual decision making) jarayoni sizga qo'l keladi. 

To'g'risi kitobdan judayam ko'p insightlar olsa bo'ladi, "Atom Odatlar" kitobi kunlik hayot tarzimda yangiliklar kiritishimga sabab bo'la oldi, shuning uchun hammangizga o'qishni maslahat beraman.

 

 

146

Comments