Albatta hamma universitetlarda magistratura sohasiga qarab har xil hujjatlar talab etiladi. Lekin men o’zim hujjat topshirmoqchi bo’lgan vaqtimda AQShdagi 100 ga yaqin universitetlarda (MS in Economics bo’yicha) hujjat topshirish talablarini qarab chiqib deyarli barchasida asosan bir xil talablar ekanligini bilgan edim.
Demak, Tuftsda MS in Economics bo’yicha qanday hujjatlar talab etiladi:
• Hujjat topshirish to’lovi (Application fee) – $85
• Tarjimayi hol (Resume/CV)
• Motivatsion xat (Personal statement)
• GRE sertifikati (Official GRE required)
• Xalqaro ingliz tili sertifikatlaridan biri (Official TOEFL, IELTS, or Duolingo English Test, if applicable)
• Bakalavr diplom ilovasi (Transcripts)
• Uchta tavsiyanoma (Three letters of recommendation)
Ba’zi universitetlar yana biror yozma ish (writing sample) ham so’rashadi. Agar AQShdan hali biror universitet tanlamagan bo’lsangiz, mana shu talablar bo’yicha tayyorlansangiz ham bo’ladi, boshqa universitetlardan ko’p farq qilmaydi
Comments