Bugun bakalavr yoki magistraturani o'qish uchun AQShga ketish uchun qancha xarajat ketishini ko'rib chiqamiz. Qani kettik🏃♂️
🧩Ingliz tilini o'rganish va test topshirish. O'rtacha 1 yil ingliz tilini o'rgansangiz o'quv markazlarda 3 mlndan 10mlngacha yoki undan ham ko'p pul sarflaysiz. IELTS topshirish $200 (7+ olsangiz pulingizni qaytib olasiz). SAT ham olsangiz 3 oy o'quv kursi o'rtacha 4-5 mln va test $103 (1200dan baland olib buni ham refund qilishiz mumkin). Self-study qilolsangiz xarajatiz 0 ga teng. Yo'l kira va boshqa xarajatlar hisoblanmadi.
💸Universitetga topshirishda ketadigan xarajat. Universitetlar hujjatlaringizni ko'rib chiqishi uchun odatda $70 atrofida so'raydi, lekin fee waiver bilan xarajatsiz yo'lini qilsa bo'ladi (ba'zilarida to'lash majburiy).
📝Qabul qilingandan keyin visaga topshirish uchun universitetdan I-20 hujjatini olish $200- 600atrofida turadi
🔓Endi navbat vizaga. Viza uchun SEVIS to'lovi $350 to'lash kerak va VISA application fee $185 turadi.
✈️Bilet olish. Ayni damda Toshkent-New York 6-8mln atrofida. Los Agelesga 8-10 mln , Bostonga 8-12 mlnga bilet sotib olish mumkin (Aviasales ilovasidan).
🏢Qo'shma Shtatlarda bir xonali kvartiraning o'rtacha ijarasi $1200ni tashkil qiladi. Biroq, bu shaharlar va shtatlar orasida juda katta farq qiladi. Masalan, San-Fransiskodagi ijara odatda Detroytdagi ijaraga qaraganda ancha yuqori.
🌆Boston hududi tadqiqot tashabbusi rasmiy veb-saytiga ko'ra, Boston hududidagi to'rt yillik universitetda tahsil olayotgan talabalarning oylik xarajatlari $2000 atrofida. Bunga uy-joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlari kiradi.
💰Universitetlar kontrakt narxlariga keladigan bo'lsak, o'rtacha $20.000dan $70.000 . Arzon va qimmatlari ham bor albatta. To'g'risini aytganda, buncha kontraktni to'lashdan ko'ra o'qimaslik to'g'riroq, ayniqsa bizdek odamlarga. Shuning uchun universitetlardan kamida 90%lik yoki full-tuition scholarship olish kerak, agar full-ride bersa undanam yaxshi😅
P.S. Barcha summalar taxminan yozildi va 100% aniqlikda emas. Hech qanday tadqiqot ham o'tkazilmagan. Umuman olganda, yuqorida o'rtacha xarajatlar keltirildi. Bu postdan sabab Amerikada o'qishga qancha pul ketadi va shunga o'xshash savollarga hech bo'lmaganda ozgina tasavvur uyg'ota olish.
https://t.me/Dreamgrants guide to college🎓
Comments