
Bugun o’z sinovimdan o’tgan 4 ta “Study Method” lar bilan tanishamiz.
1. Pomodoro Texnikasi
(Focus uchun)
Bunisi juda mashxur. Francesco Cirillo tomonidan 1980-yillarning oxirida ishlab chiqilgan, bu usul ishni tanaffuslar bilan ajratilgan intervalga bo’lishni o’z ichiga oladi, an’anaviy ravishda 25 daqiqa davom etadi. (Keyin, 5 daqiqa tanaffus, repeat) Har 3-4ta Pomodoro dan so’ng, uzoqroq tanaffus oling(15-20min) Bu miyangizga yetarlicha stimul berish orqali sizdagi produktivlik va focus ni oshirish va bezib qolishni oldini oladi. Play Marketda App idan foydalanishni ham maslahat beraman, budilnikdek ishlatish mumkin.
2. Feynman Texnikasi
(Konseptsiyalarni tushunish uchun)
Nobel mukofotining fizika bo’yicha sovrindori Richard Feynman nomi bilan atalgan, bu texnika to’rt bosqichni o’z ichiga oladi:
1. Bir tushuncha(konseptsiya)ni tanlash
2. Uni oddiy atamalar bilan boshqasiga(yoki o’zingizga)tushuntirib ko’rish
3. Tushuntirishda bo’shliqlarni aniqlash, kelib chiqadigan savollarga javob topish va qayta o’rganish
4. Soddalashtirish va analogiyalar yaratish. Bu usul tushunchalarni yod olishdan ko’ra tushunishga urg’u beradi.
Imtixon oldi ko’p ishlataman. Kimgadir tushuntirsangiz, o’zingiz yaxshiroq tushunasiz)
“Agar biror g’oyani 8 yoshli bolaga tushuntira olmasangiz, o’zingiz rostan ham tushunganmisiz?”
3. SQ3R Metodi
(O’qish uchun)
Survey, Question, Read, Recite, va Review so’zlarining bosh harflaridan tashkil topgan SQ3R Metodi, matnli materiallarni o’qib tushunish uchun sistemali yondashuvdir. Bu usul talabalarga ma’lumotlarni o’zlashtirish uchun mental struktura yaratishga yordam beradi, bu esa keyinchalik eslashni osonlashtiradi.
4. Cornell Konspekt Tuzish Tizimi
(Note-taking uchun)
1940-yillarda Cornell Universitetida Walter Pauk tomonidan ishlab chiqilgan, bu tizim sahifani uch qismga bo’lishni o’z ichiga oladi: kalit so’zlar, qaydlar(notes) va xulosa. Asosan, daftarni 3ga bo’lish orqali erishiladi. Bu usul konspektlarni📝 samarali tashkil etishga yordam beradi, bu esa ko’rib chiqish va o’rganishni yanada samarali qiladi. Amerikada ko’p studentlar har bir mavzuni shunaqa konspekt qilishadi ko’pincha.
Comments